Asosiy mazmunga oʻtish
Dushanba–Juma 09:00–18:00 · Shanba 10:00–17:00
1385
Maqolalarga qaytish
Bolalar va eshitish📄 Maqola

Bolada eshitishni erta tekshirish nega muhim?

Bolaning eshitishidan shubhalansangiz, nega kutmaslik kerak? Ota-onalar orasida keng tarqalgan toʻrt notoʻgʻri tasavvur va ularga javoblar.

Ona kichkintoyiga kitob oʻqib bermoqda

Bolaning eshitishidan shubhalansangiz, nega kutmaslik kerak? Ota-onalar orasida keng tarqalgan toʻrt notoʻgʻri tasavvur va ularga javoblar.

Bola nutqni eshitib oʻrganadi. Shuning uchun eshitishdagi muammo qancha erta aniqlansa, bolaga yordam berish shuncha oson boʻladi. Agar bolangizning eshitishidan shubhalansangiz, asosiy vazifa vaqtni boy bermaslik va mutaxassisga murojaat qilishdir. Koʻpincha ota-onalarni keng tarqalgan notoʻgʻri tasavvurlar toʻxtatib qoladi. Ularning toʻrttasini koʻrib chiqamiz.

1. "Bolam yomon eshitsa, darhol sezaman"

Afsuski, har doim ham emas. Kichkintoylar atrof-muhitga juda yaxshi moslashadi. Eshitish pasayganda bola yuz ifodasi, imo-ishora va tebranishlarga koʻproq tayana boshlaydi, shu sababli muammo uzoq vaqt sezilmay qolishi mumkin. Zamonaviy tekshiruv usullari eshitish holatini bolaning javobiga bogʻliq boʻlmagan holda, hatto chaqaloqlikda ham aniqlash imkonini beradi.

2. "Katta boʻlsa, oʻzi oʻtib ketadi"

Bu eng xavfli tasavvurlardan biri. Eshitish oʻz-oʻzidan tiklanishini kutib oʻtkazilgan oylar bolaning nutqi rivojlanadigan eng muhim davrga toʻgʻri keladi. Xavotiringiz asossiz boʻlib chiqishi ham mumkin, lekin buni faqat tekshiruv koʻrsatadi. Tekshiruv ogʻriqsiz va bolaga zarar qilmaydi.

3. "Odamlar nima deydi"

Eshitish muammosi haqida ochiq gapirish hali ham koʻpchilikka qiyin. Ota-onalar baʼzan uyaladi va bu hisni bolaga ham oʻtkazadi. Natijada qimmatli vaqt boy beriladi. Eshitish pasayishi hech kimning aybi emas. Bolaga vaqtida berilgan yordam uning tengdoshlari bilan teng oʻsishi, bogʻcha va maktabga borishi uchun imkon yaratadi.

4. "Eshitish moslamasi bolaga zarar qiladi"

Toʻgʻri tanlangan va mutaxassis sozlagan moslama bolaning eshitishiga zarar qilmaydi. U bolaga nutq va atrofdagi tovushlarni eshitishda yordam beradi.

Yana bir keng tarqalgan xato: moslamani faqat ahyon-ahyonda taqtirish. Bola nutqni oʻrganishi uchun tovushlarni kun boʻyi eshitib turishi kerak. Shuning uchun moslama uyqu va choʻmilish kabi holatlardan tashqari doimiy taqiladi.

Nimadan boshlash kerak

Ota-ona bolasi bilan mutaxassis qabulida

  • Shubhangiz boʻlsa, kutmang va bolaning eshitishini tekshirtiring.
  • Bolalar tekshiruvi ogʻriqsiz. Ayrim usullar bola uxlab yotganda oʻtkaziladi.
  • Natijani mutaxassis tushuntiradi va keyingi qadamlarni aytadi.

Acoustic'da bolalar uchun tekshiruvlar va LOR shifokor qabuli Sebzor, Yakkasaroy, Navoiy va Termiz filiallarida bor.

Savol-javob

Bolani necha yoshdan tekshirish mumkin?

Eshitishni chaqaloqlikdan boshlab ogʻriqsiz usullar bilan tekshirish mumkin.

Tekshiruv bolaga ogʻriq beradimi?

Yoʻq. Bolalar uchun qoʻllanadigan usullar ogʻriqsiz.

Bolam baʼzan eshitadi, baʼzan yoʻq. Tekshirtirish kerakmi?

Ha. Bunday holat ham tekshiruvga sabab boʻladi, aniq javobni faqat tekshiruv beradi.

Moslamani bola kun boʻyi taqishi shartmi?

Ha, mutaxassis boshqacha aytmagan boʻlsa. Nutq rivojlanishi uchun bola tovushlarni doimiy eshitib turishi kerak.

Bolaning eshitishi qanday usullar bilan tekshirilishini bilib oling: acoustic.uz/services/kids-test. Qabulga yozilish uchun 1385 raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

Shuningdek oʻqing

Maslahat uchun yozilish

Bizning mutaxassislarimiz barcha savollaringizga javob berishga va eshitishingiz uchun eng yaxshi yechimni topishga tayyor.

Eshitishingizni tekshirtirishga yoziling

Konsultatsiya bepul. Keyingi qadamni birga tanlaymiz.

1385