Asosiy mazmunga oʻtish
Dushanba–Juma 09:00–18:00 · Shanba 10:00–17:00
1385
Maqolalarga qaytish
Foydali maslahatlar📄 Maqola

Eshitish moslamasi ishlamay qoldi: avval nimani tekshirish kerak?

Eshitish moslamasida ovoz yoʻqmi, hushtak chalyaptimi yoki zaryad olmayaptimi? Servisga borishdan oldin uyda tekshirib koʻrish mumkin boʻlgan sabablar.

Acoustic

Eshitish moslamasida ovoz yoʻqmi, hushtak chalyaptimi yoki zaryad olmayaptimi? Servisga borishdan oldin uyda tekshirib koʻrish mumkin boʻlgan sabablar.

Eshitish moslamasida nosozlik sezsangiz, darhol xavotirga tushmang. Koʻp hollarda sabab oddiy boʻladi va uni uyda bartaraf etish mumkin. Quyida eng koʻp uchraydigan holatlar, ularning sabablari va yechimlari jamlangan.

Yoqish, oʻchirish, qayta ishga tushirish va zaryadlash tartibi hamda chiroq signallari modelga qarab farq qiladi. Shuning uchun har doim oʻz moslamangiz va zaryadlovchingiz yoʻriqnomasiga qarang.

Ovoz umuman yoʻq

Ehtimoliy sabab Nima qilish kerak
Moslama oʻchiq Yoqilganini tekshiring. Batareyali moslamada batareya toʻgʻri solingani va qopqogʻi zich yopilganiga qarang. Zaryadlanadigan moslamani yoʻriqnoma boʻyicha qayta ishga tushiring
Batareya yoki akkumulyator quvvati tugagan Batareyani almashtiring yoki moslamani zaryadlovchiga qoʻyib, zaryad boshlanganiga ishonch hosil qiling
Uchlik yoki qolip kirlangan Uni parvarish qoidalari boʻyicha tozalang. Kerak boʻlsa uchlik yoki sera filtrini almashtiring
Ovoz oʻchirib qoʻyilgan Ovozni oʻchirish rejimi yoqilmaganini tekshiring. Uni moslamadagi tugma yoki telefon ilovasi orqali oʻchiring

Ovoz past yoki uzilib qolyapti

Ehtimoliy sabab Nima qilish kerak
Tovush chiqadigan teshik berkilgan Uchlik yoki qolipni tozalang. Kerak boʻlsa sera filtrini almashtiring
Moslamaga nam kirgan Moslamani quruq yumshoq mato bilan artib, quruq joyda yoki quritish idishida toʻliq quriting. Batareyali boʻlsa, batareyani chiqarib, qopqogʻini ochiq qoldiring. Fen ishlatmang
Quvvat kam qolgan Batareyani almashtiring yoki moslamani zaryadlang
Quloqda kir toʻplangan Quloqni koʻrikdan oʻtkazish uchun LOR shifokorga murojaat qiling

Moslama hushtak chalyapti

Ehtimoliy sabab Nima qilish kerak
Moslama notoʻgʻri taqilgan Yechib, qaytadan taqing. Korpus quloq orqasida, uchlik esa oʻz joyida turganini tekshiring
Uchlik yoki qolip yaxshi oʻrnashmagan Uni chiqarib, eshitish yoʻliga qaytadan zich joylashtiring
Quloqda kir toʻplangan LOR shifokor koʻrigidan oʻting
Qolip quloqqa mos kelmay qolgan Mutaxassisga koʻrsating. Qolipni almashtirish yoki yangisini tayyorlash kerak boʻlishi mumkin

Zaryadlanadigan moslama zaryad olmayapti

Ehtimoliy sabab Nima qilish kerak
Zaryadlovchi tokka ulanmagan yoki uning oʻz quvvati tugagan Ulanishni tekshiring. Ichki akkumulyatorli zaryadlovchi boʻlsa, avval uni zaryadlang
Moslama yoki zaryadlovchi juda issiq yoki juda sovuq Ularni xona haroratidagi joyga olib oʻting
Moslama zaryadlovchiga notoʻgʻri qoʻyilgan Chiqarib, oʻz uyachasiga qaytadan toʻgʻri joylashtiring
Zaryadlash kontaktlari kirlangan Kontaktlarni quruq yumshoq mato bilan arting. Suv va tozalash suyuqliklarini ishlatmang
Moslama uzoq vaqt ishlatilmagan Uni zaryadlovchida qoldiring. Uzoq tanaffusdan keyin zaryad kechikib boshlanishi mumkin

Zaryadlovchidagi chiroq odatdagidan boshqacha yonib-oʻchsa, moslamani chiqarib, qaytadan qoʻying. Oʻzgarmasa, mutaxassisga murojaat qiling.

Moslama telefonga ulanmayapti

  1. Telefonning Bluetooth sozlamalarida moslamani ulangan qurilmalar roʻyxatidan oʻchiring.
  2. Telefonda Bluetoothʼni oʻchirib, qayta yoqing.
  3. Moslamani qayta ishga tushiring: batareyali boʻlsa, qopqogʻini ochib-yoping, zaryadlanadigan boʻlsa, yoʻriqnomadagi usul bilan oʻchirib-yoqing.
  4. Ulashni moslama yoʻriqnomasi boʻyicha qaytadan bajaring.

Agar telefonga faqat bitta moslama ulangan boʻlsa, ikkalasi ham yoqilgani va quvvati yetarli ekanini tekshiring, keyin ulashni boshidan bajaring.

Qachon servisga murojaat qilish kerak

Yuqoridagi choralar yordam bermasa, moslamani oʻzingiz ochishga yoki tuzatishga urinmang. Uni Acoustic'ning istalgan filialiga olib keling, mutaxassis koʻrikdan oʻtkazadi. Moslama Acoustic'ning qaysi filialidan olingan boʻlsa ham, barcha filiallarda bir xil xizmat koʻrsatiladi.

Savol-javob

Moslamani oʻzim ochib koʻrsam boʻladimi?

Yoʻq. Korpusni ochish moslamani shikastlashi mumkin, uni mutaxassisga koʻrsating.

Sera filtrini qanchalik tez-tez almashtirish kerak?

Bu quloq kiri miqdoriga bogʻliq. Ovoz pasaygan yoki filtr berkilgani koʻrinib tursa, almashtirish vaqti kelgan.

Moslama hushtak chalishi nosozlikmi?

Har doim ham emas. Koʻpincha sabab moslamaning notoʻgʻri oʻrnashgani yoki quloqda kir toʻplangani boʻladi.

Har qanday moslamani taʼmirlash mumkinmi?

Yoʻq, bu shikast turiga bogʻliq. Buni mutaxassis koʻrikdan keyin aytadi.

Muammo hal boʻlmasa, 1385 raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

Shuningdek oʻqing

Maslahat uchun yozilish

Bizning mutaxassislarimiz barcha savollaringizga javob berishga va eshitishingiz uchun eng yaxshi yechimni topishga tayyor.

Eshitishingizni tekshirtirishga yoziling

Konsultatsiya bepul. Keyingi qadamni birga tanlaymiz.

1385