Asosiy mazmunga oʻtish
Dushanba–Juma 09:00–18:00 · Shanba 10:00–17:00
1385
Maqolalarga qaytish
Eshitish moslamalari haqida📄 Maqola

Eshitish moslamasini qanday toʻgʻri tanlash kerak?

Eng yaxshi eshitish moslamasi qaysi? Tanlashda eshitish holati, quloq tuzilishi, yosh va turmush tarzi qanday hisobga olinishi haqida qisqa tushuntirish.

Acoustic

Eng yaxshi eshitish moslamasi qaysi? Tanlashda eshitish holati, quloq tuzilishi, yosh va turmush tarzi qanday hisobga olinishi haqida qisqa tushuntirish.

Eshitish moslamasini taqishga qaror qilish muhim qadam. Undan keyin ishda, oilada va doʻstlar davrasida oʻzingizni qanchalik erkin his qilishingiz koʻp jihatdan toʻgʻri tanlovga bogʻliq. Bugun turli darajadagi eshitish pasayishi, har xil yosh va ehtiyoj uchun koʻplab modellar bor. Shu xilma-xillik ichida adashib qolmaslik uchun koʻpchilik faqat narxga qaraydi yoki "eng yaxshi va eng koʻrinmas" moslamani soʻraydi. Aslida tanlov boshqacha quriladi.

Eng yaxshi moslama qaysi

Hammaga birdek "eng yaxshi" moslama yoʻq. Eng yaxshisi aynan sizning eshitishingizga moslab tanlangan va sozlanganidir.

Tanlash eshitishni tekshirishdan boshlanadi. Natijalar maxsus dasturga kiritiladi, mutaxassis shu maʼlumotga mos keladigan bir nechta modelni tanlab, sozlab beradi. Har bir insonning eshitishi barmoq izi kabi oʻziga xos. Shuning uchun bir insonga yaxshi yordam bergan moslama boshqasiga, hatto eshitish pasayishi darajasi bir xil boʻlsa ham, mos kelmasligi mumkin.

Tanlashda nimalar hisobga olinadi

  1. Eshitish qaysi chastotalarda pasaygani. Bu audiogrammadan koʻrinadi va moslama quvvati hamda sozlamasini belgilaydi.
  2. Eshitish yoʻlining tuzilishi. Kanal tor yoki kengligi, ilgari quloqda operatsiya boʻlgan-boʻlmagani moslama shaklini tanlashga taʼsir qiladi.
  3. Vaqtinchalik toʻsiqlar. Masalan, quloqda yalligʻlanish boʻlsa, avval shifokor koʻrigi kerak boʻladi.
  4. Yosh. Bolalar va yoshi ulugʻ insonlar uchun talablar farq qiladi, masalan, kichik qismlarni ushlash qulayligi.
  5. Turmush tarzi. Ishlaysizmi, koʻp odam bilan muloqot qilasizmi, toʻy va tadbirlarda tez-tez boʻlasizmi, safarga koʻp chiqasizmi.
  6. Telefon va boshqa qurilmalardan foydalanish. Telefonga ulanish, ilova orqali boshqarish, zaryadlanadigan yoki batareyali boʻlishi.

Byudjet ham muhim, lekin u oxirgi oʻrinda turadi: avval sizga mos variantlar doirasi aniqlanadi, keyin ular ichidan narxi toʻgʻri keladigani tanlanadi.

Eshitish moslamasini tanlashda hisobga olinadigan olti omil

Tanlash qanday oʻtadi

  1. Eshitish tekshiriladi.
  2. Mutaxassis natijani tushuntiradi va mos variantlarni taklif qiladi.
  3. Moslamalarni filialda taqib, sinab koʻrasiz.
  4. Eng qulay tuyulgan variant tanlanadi va sizga moslab sozlanadi.
  5. Mutaxassis moslamani qanday taqish, parvarish qilish va saqlashni oʻrgatadi.

Toʻgʻri tanlangan va ehtiyotlab ishlatilgan moslama koʻp yil xizmat qiladi.

Nimalarga aldanmaslik kerak

  • Faqat narxga qarab tanlash. Arzon ham, qimmat ham sizga mos kelmasligi mumkin.
  • Faqat koʻrinishga qarab tanlash. Eng kichik moslama hammaga ham toʻgʻri kelmaydi, bu eshitish darajasi va quloq tuzilishiga bogʻliq.
  • Tanish-bilish tajribasiga tayanish. Qoʻshningizga yoqqan model sizga boshqacha eshittirishi mumkin.

Savol-javob

Bitta moslama olsam yetadimi yoki ikkita kerakmi?

Bu ikkala quloq holatiga bogʻliq. Buni faqat tekshiruv koʻrsatadi, mutaxassis ikkala variantni tushuntiradi.

Koʻrinmaydigan moslama menga mos keladimi?

Bu eshitish darajasi va eshitish yoʻli tuzilishiga bogʻliq. Mutaxassis qulogʻingizni koʻrib, tekshiruvdan keyin aytadi.

Moslamani sotib olishdan oldin sinab koʻrsam boʻladimi?

Ha. Acoustic'da eshitish tekshirilgandan keyin mos moslamani filialda taqib, sinab koʻrish mumkin.

Tanlashga yaqinim bilan borsam boʻladimi?

Ha, bu foydali. Tanish ovozda sinab koʻrish osonroq, yaqiningiz esa keyin parvarishda yordam beradi.

Eshitishingizni tekshirtirib, mos variantlarni sinab koʻrish uchun 1385 raqami orqali qabulga yoziling.

Shuningdek oʻqing

Maslahat uchun yozilish

Bizning mutaxassislarimiz barcha savollaringizga javob berishga va eshitishingiz uchun eng yaxshi yechimni topishga tayyor.

Eshitishingizni tekshirtirishga yoziling

Konsultatsiya bepul. Keyingi qadamni birga tanlaymiz.

1385