Asosiy mazmunga oʻtish
Dushanba–Juma 09:00–18:00 · Shanba 10:00–17:00
1385
Maqolalarga qaytish
Eshitish haqida📄 Maqola

Eshitish pasayishi: birinchi belgilarni qanday aniqlash mumkin

Eshitish pasayishi qanday boshlanadi? Kundalik hayotdagi birinchi belgilar, asosiy sabablar va tekshiruvga qachon borish kerakligi haqida.

Eshitish pasayishi: birinchi belgilarni qanday aniqlash mumkin

Eshitish pasayishi qanday boshlanadi? Kundalik hayotdagi birinchi belgilar, asosiy sabablar va tekshiruvga qachon borish kerakligi haqida.

Eshitish pasayishi: birinchi belgilarni qanday aniqlash mumkin

Koʻpchilik eshitishi pasayganini kech sezadi. Sababi oddiy: eshitish odatda birdan emas, yillar davomida asta-sekin oʻzgaradi. Inson bunga moslashib boradi: televizorni balandroq qoʻyadi, suhbatdoshga yaqinroq oʻtiradi, qayta soʻrashga odatlanadi. Koʻpincha oʻzgarishni birinchi boʻlib yaqinlar payqaydi.

Quyida birinchi belgilar, asosiy sabablar va keyingi qadamlar haqida soʻz boradi.

Kundalik hayotdagi birinchi belgilar

  • suhbatdoshdan tez-tez qayta soʻraysiz;
  • odamlar noaniq, gʻoʻldirab gapirayotgandek tuyuladi;
  • shovqinli joyda (toʻy, kafe, bozor) gapni ilgʻash qiyin;
  • bir necha kishi gaplashayotgan davrada suhbatni kuzata olmay qolasiz;
  • televizor yoki telefon ovozini boshqalarga noqulay darajada balandlatasiz;
  • ayollar va bolalarning ingichka ovozini tushunish qiyinroq;
  • telefonda gaplashish yuzma-yuz suhbatdan qiyin;
  • suhbatdoshning labiga qarab turganda yaxshiroq tushunasiz;
  • qushlar sayrashi, eshik qoʻngʻirogʻi kabi tovushlarni kamroq eshitasiz;
  • quloqda shangʻillash yoki gʻuvillash paydo boʻlgan.

Koʻp insonlar "men eshitaman, faqat soʻzlarni ajrata olmayman" deydi. Bu eng tipik belgi: eshitish avval ayrim chastotalarda pasayadi, shuning uchun tovush eshitiladi, lekin nutq noaniq boʻlib qoladi.

Yaqinlar nimani payqaydi

  • nooʻrin javob berasiz yoki savolni eshitmay qolasiz;
  • orqadan chaqirganda javob bermaysiz;
  • gapni tushunish uchun zoʻriqqaningiz sababli kun oxirida charchaysiz, asabiylashasiz;
  • mehmonga borish va koʻpchilik yigʻiladigan joylardan oʻzingizni torta boshlaysiz.

Bu belgilardan bir nechtasi sizga tanish boʻlsa, eshitishni tekshirtirish foydali. Belgilarning oʻzi hali tashxis emas.

Uyda oʻzingizni qanday sinab koʻrish mumkin

Quyidagi oddiy sinovlar faqat taxminiy tasavvur beradi va tekshiruv oʻrnini bosmaydi.

  • Shivirlash sinovi. Bir qulogʻingizni kaftingiz bilan berkiting. Yaqiningiz bir qadam naridan bir nechta soʻzni shivirlab aytsin. Soʻzlarni takrorlash qiyin boʻlsa, bunga eʼtibor bering. Keyin ikkinchi quloqni sinang.
  • Televizor sinovi. Oila aʼzolaringizga qulay boʻlgan balandlikda televizor sizga doim noaniq eshitilsa, eshitishni tekshirtirish kerak.
  • Shovqinli joy sinovi. Doʻkon, transport yoki mehmondorchilikda gaplashish sizga boshqalarga qaraganda qiyinroq kechayotganiga eʼtibor bering.

Nega kechiktirmaslik kerak

Miya uzoq vaqt eshitilmagan tovushlarni "unuta" boshlaydi. Tekshiruv qancha kechiksa, keyin eshitish moslamasiga koʻnikish shuncha uzoqroq davom etadi. Bundan tashqari, yomon eshitish muloqotni qiyinlashtiradi va insonni davralardan uzoqlashtiradi.

Eshitish nima sababdan pasayadi

Sabablar ikki katta guruhga boʻlinadi.

Tovush ichki quloqqa yetib bormaydi. Masalan, quloq kiri tiqini, oʻrta quloq yalligʻlanishi (otit) yoki quloq pardasi shikastlanishi sababli. Bunday holatlar koʻpincha davolanadi.

Ichki quloq yoki eshitish nervi zararlangan. Bu guruhga yosh bilan bogʻliq oʻzgarishlar, uzoq yillik shovqin taʼsiri, irsiyat, ayrim kasalliklar va dorilar taʼsiri kiradi. Bunday pasayish odatda doimiy boʻladi va eshitish moslamasi bilan yengillashtiriladi.

Aniq sababni faqat shifokor tekshiruvdan keyin aytadi.

Eshitish pasayishining ikki asosiy guruhi sxemasi

Kimlar koʻproq eʼtiborli boʻlishi kerak

  • shovqinli joyda ishlaydigan yoki uzoq yillar ishlagan insonlar;
  • quloqchinda tez-tez baland ovozda musiqa tinglaydiganlar;
  • yaqin qarindoshlarida eshitish pasayishi boʻlganlar;
  • qandli diabet, qon bosimi va qon tomir kasalliklari bor insonlar;
  • 50 yoshdan oshganlar.

Bu guruhdagilarga eshitishni belgilar paydo boʻlishini kutmasdan, vaqti-vaqti bilan tekshirtirib turish tavsiya etiladi.

Qachon darhol shifokorga borish kerak

Eshitish bir yoki ikkala quloqda toʻsatdan pasaysa, quloqda kuchli ogʻriq, ajralma yoki bosh aylanishi boʻlsa, kutmasdan LOR shifokor yoki surdologga murojaat qiling. Acoustic'da bunday qabul Sebzor, Yakkasaroy, Navoiy va Termiz filiallarida bor.

Keyingi qadam

  1. Saytimizdagi onlayn testdan oʻting. U bepul, taxminan uch daqiqa oladi va birinchi tasavvurni beradi, lekin tashxis emas.
  2. Audiometriyaga yoziling. U ogʻriqsiz va Acoustic'ning barcha filiallarida oʻtkaziladi.
  3. Natijani mutaxassis tushuntiradi va keyingi qadamni taklif qiladi.

Acoustic'da tekshiruv qanday oʻtadi

Avval mutaxassis sizni tinglaydi: nima bezovta qilayotgani va qachondan beri. Keyin audiometriya oʻtkaziladi. Natijaga qarab uch yoʻldan biri taklif qilinadi: eshitishni vaqti-vaqti bilan kuzatib borish, eshitish moslamasini tanlash yoki shifokorga yoʻnaltirish. Qaror sizda qoladi.

Savol-javob

Eshitish pasayishi faqat yoshi ulugʻ insonlarda boʻladimi?

Yoʻq. Shovqin, kasalliklar, irsiyat va boshqa sabablar bilan eshitish har qanday yoshda pasayishi mumkin.

Quloq kiri ham eshitishni pasaytiradimi?

Ha. Tiqin tovush oʻtishiga toʻsqinlik qiladi. Uni oʻzingiz chiqarmang, shifokorga koʻrsating.

Bir qulogʻim yaxshi eshitadi. Tekshirtirish kerakmi?

Ha. Bir quloqdagi pasayish ham sababini aniqlashni talab qiladi.

Onlayn test yetarlimi?

Yoʻq. U faqat taxminiy natija beradi, aniq natijani filialdagi tekshiruv koʻrsatadi.

Birinchi qadam sifatida onlayn eshitish testidan oʻting: acoustic.uz/services/hearing-test.

Shuningdek oʻqing

Maslahat uchun yozilish

Bizning mutaxassislarimiz barcha savollaringizga javob berishga va eshitishingiz uchun eng yaxshi yechimni topishga tayyor.

Eshitishingizni tekshirtirishga yoziling

Konsultatsiya bepul. Keyingi qadamni birga tanlaymiz.

1385